Huawei 1
Qozog‘iston fuqarolarini Odessa va Xarkovni tark etishga chaqirdi

Qozog‘istonning Ukrainadagi elchixonasi qozog‘istonliklarga  keskinlik va beqaror vaziyat sababli Ukrainaning Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda, Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi saytiga tayanib, "Sentral Asia" nashri xabar berdi.

Elchixona qozog‘istonliklarga Ukrainadan Qozog‘istonga ikki quruqlik yo‘nalishi bo‘yicha Polsha yoki Moldova orqali, keyin esa tijorat havo qatnovi orqali borishni maslahat berdi.

"Polsha orqali ketayotganda Qozog‘iston fuqarolarining Shengen vizasi bo‘lishi kerak, Moldovaga kirish uchun esa viza talab qilinmaydi”,  deyiladi xabarda.

Diplomatlar, shuningdek, barchani havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslikka va zudlik bilan boshpana topishga chaqirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga