Huawei 1
Qo‘qonda 4 nafar shaxsni o‘ldirib, 23 yil jazodan qochib yurgan shaxs umrbodga qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudida 4 nafar shaxsni vahshiylarcha o‘ldirib, 23 yil jazldan qochib yurgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deya xabar bermoqda Oliy sud Matbiot xizmati.

Unga ko‘ra, sulanuvchi o‘zganing mol-mulkini bosqinchilik yo‘li bilan talon-toroj qilish, jinoyatni sodir etilishini osonlashtirish maqsadida, ikki va undan ortiq shaxslarni tamagirlik hamda o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirish haqida jinoiy reja tuzib, 2001 yil 24 avgust kunidan 25 avgust kuniga o‘tar kechasi pichoq va bolta bilan qurollanib, jabrlanuvchilar yashaydigan hovliga yarim kechasi kelib, devor orqali hovliga kirgan. Uy egalari uxlab yotganidan foydalanib, bir oilaning 4 nafar a’zosining bosh, yuz va bo‘yin sohalariga boltaning orqa qismi va pichoq bilan ko‘p marotaba urib, vahshiylarcha qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, jabrlanuvchilardan birining qo‘lida bo‘lgan qora rangli agat toshli erkaklar uzugini, bo‘ynidagi 45 santimetrli tilla zanjirini, xonadonda bo‘lgan ko‘plab tilla-taqinchoqlar va pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan olib chiqib hodisa joyidan yashirinib, Rossiya davlatiga chiqib ketgan.

2022 yil 18 oktyabr kuni sudlanuvchi qidiruvda ushlanib, O‘zbekistonga olib kelingan va jinoyat ishining unga nisbatan qismi ochiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Joriy yil 2 aprel kuni apellyasiya instansiyasida ko‘rilgan sud majlisida, unga jinoyatlar majmui bilan uzil-kesil umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda o‘tash, jazoni uch yilini turmaga qamash tariqasida o‘tattirish belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga