Huawei 1
Qibrayda uchta uy yonib ketdi

Toshkent viloyatining Qibray tumani, “Do‘rmon” MFY, Maʼrifat ko‘chasida joylashgan uylarda 24-mart kuni soat 18:26 da yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruvchilar soat 18:28 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 19:33 da o‘rab olingan va soat 20:10 da to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida bir biriga tutash qurilgan 3 ta xonadonning taxminan 415 kv metr maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yong‘inni bartaraf etishga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta yordamchi suv tashishga mo‘ljallangan texnika jalb etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50912 | Инструменты