Qattiq sovuqdan O'zbekistondagi sharshara muzlab qoldi
O'zbekistondagi qattiq sovuqdan Hisor qo'riqxonasida joylashgan Suvtushar sharsharasi muzlab qolgan.
Suvtushar sharsharasi respublikaning janubida joylashgan bo'lib, balandligi 84 metrni tashkil etadi. Qattiq sovuq tufayli sharshara muzga aylangan.
Mutaxassislarga ko'ra, bunday sovuq hafta davomida saqlanib qoladi. Havo harorati ba'zi joylarda -20 darajagacha sovishi kutilyapti.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61517 | Инструменты