Qashqadaryoning 2 tumanida iste’molgan yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Z. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Kasbi tumani “Tinchlik” MFY hududida 2 nafar fuqaroga jami 600 dona "Russkaya vodka" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Yakkabog‘ tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda "A." MCHJ rahbari A.A. Qamashi tumani, “O‘zbekiston” MFY hududida xaridorga jami 320 dona "Russkaya vodka", "NE VODKA", "SHAHRISABZ" va "SABRANIE" nomli iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты