Huawei 2
Qashqadaryoda bemorning otasi 47 yoshli shifokorni urdi

Qayd etilishicha, ayol 2 yoshli bolasini divandan yiqitib qo‘yib, Shahrisabz shahar bolalar shifoxonasiga murojaat qilgan

Bolakayning ahvoli og‘irlashganligi sabab reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan.

"Bolachaning ahvoli to‘g‘risida uning uydagilariga ham muntazam ravishda xabar berib bordik. Bolasining aholi juda og‘irligini batafsil tushuntirdik. Ming afsuski, 17 aprelda bolachada biologik o‘lim kuzatildi.

Otasiga aytganimdan keyin to‘g‘ridan to‘g‘ri yuzimga musht bilan urdi. Hushimni yo‘qotdim va qolganini eslay olmayman",- deydi kaltaklangan shifokor.

"Bemorga birinchi taxminiy kalla miyaning yopiq shikastlanishi, bosh miya chayqalishi, chap ko‘z qovoqlarida yumshoq to‘qimalarida lat yeyishi va ko‘z shishi bilan bog‘liq barcha qabul tekshiruvlardan o‘tkazildi. Hozirda bemor davolanish muolajalarini olmoqda",- deydi shifokor.

Aniqlanishicha, kaltaklangan shifokor farzandini yo‘qotgan ota-onaga hozir qiyin ekanligini tushunib, holat bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilmagan. Shuning uchun holat yuzasidan tekshiruv boshlanmagan.

Ammo mazkur holat Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga