Huawei 1
Poytaxtning Shofayzi ko‘chasi 1-mayga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi

Poytaxtning Shofayzi ko‘chasida harakat vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, “Daryo Bo’yi Business City” loyihasi doirasida Janggoh, Chuqurko‘prik va Zaxariq ochiq kollektorlarining yopilishi, shuningdek, avtomobil yo‘li, yashil hududlar, piyodalar va velosiped yo‘laklari barpo etilishi sababli, Shayxontohur tumanining Shofayzi ko'chasida 2025-yil 21-martdan 1-mayga qadar avtotransport harakati uchun yopiladi.  

"Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishni, hamda, noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50912 | Инструменты