Huawei 1
O'zbekistonning 2 hududida dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bunyodkor” MFY hududida harakatlanib kelayotgan “Isuzu” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda, fuqarolar I.M. va U.I. xorijda ishlab chiqarilgan 470 turdagi  hech qanday hujjatsiz 19 214 dona dori vositalarini o‘tkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. dori vositalarini noqonuniy muomalaga kiritish orqali daromad orttirishni ko‘zlab, tuman hududidagi savdo markazi avtoturargohida jami 35 quti “Avastin” nomli dori vositasini fuqaro M.Ya.ga 158 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga