O'zbekistonda Xitoyning Lyaoning pedagogika universiteti filiali ochiladi

Joriy yil 2-oktabr kuni Prezident "O‘zbekistonda Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universitetti filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyatida Lyaoning pedagogika universitetining O‘zbekistondagi filiali tashkil etiladi. Ta’lim jarayoni 2026/2027-o‘quv yilidan boshlanadi. Ta’lim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida olib boriladi.

O‘qish kunduzgi va muqobil ta’lim shakllarida tashkil etiladi. 2030/2031-o‘quv yiliga qadar o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishning butun davri davomida to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.

2030/2031-o‘quv yilidan boshlab qabul parametrlarining 30 foizi davlat granti asosida shakllantiriladi. Filial talabalarining amaliyotlari o‘quv rejalariga muvofiq hududdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, jumladan, dual ta’lim asosida yo‘lga qo‘yiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100714 | Инструменты