Huawei 2
O‘zbekistonning uch hududida “valyutchiklar” ushlandi

Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.S. 4 700 dollarni fuqaro I.A.ga 59,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 11 467 dollar, 1 100 Rossiya rubli va 660,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Shu kabi departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.M. va S.E. (muqaddam sudlangan) jami 3 100 dollarni fuqaro F.N.ga 39,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.K. va J.S. (muqaddam sudlangan) jami 2 700 dollarni fuqaro Sh.A.ga 34,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga