Huawei 1
O‘zbekistonlik talaba Barselonada o‘tadigan MWC 2024 doirasidagi Seeds Tour da ishtirok etadi

Toshkentdagi Amiti Universiteti talabasi Barselonada o‘tadigan 2024 Butunjahon Mobil Kongressida ishtirok etadi. Seeds for the Future 2023 taʼlim loyihasi qatnashchisi bo‘lgan Umid Аbduhakimov Huawei kompaniyasi tomonidan dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan talabalar uchun kongress kunlarida tashkil etilgan MWC Seeds Tour tur ishtirokchilari safiga qo‘shildi.

2024-yil 26-fevral kuni Barselonada aloqa sohasidagi eng yirik tadbir – GSMA Аssotsiatsiyasi Butunjahon Mobil Kongressi (MWC) boshlandi. MWCning birinchi kunida Huawei kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan "Talent Summit: Nurturing excellence in a digital world" sammiti ITU va YUNESKO kabi xalqaro tashkilotlar, davlat sektori hamda taʼlim muassasalari vakillari uchun iqtidorlarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muhokama etish uchun o‘ziga xos maydonga aylandi. Tadbirda shuningdek Seeds Tour taʼlim turi ishtirokchilari – 24 mamlakatdan kelgan 38 nafar talaba ham qatnashdi.

Sammit qatnashchilari bu yilgi MWCning asosiy mavzulariga rioya etgan holda, АKT sohasida iqtidor egalarining raqamli inklyuzivlik va sohaning barqaror taraqqiyotiga naqadar hissa qo‘shayotganini muhokama qildilar, yosh avlodning kreativ innovatsiyalari va yetakchilik ko‘nikmalari, ayollarning texnologiyalar sohasida erishgan ulkan yutuqlari va muvaffaqiyatli loyihalari, shuningdek Huawei kompaniyasi va kompaniya hamkorlari taʼlim dasturlarini amalga oshirish borasidagi tajribasi bilan tanishdilar. Sammitda Huawei kompaniyasi 2024-yilda iqtidor egalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ta’lim tashabbuslarini ishga tushirishini ma’lum qildi.

«Huawei butun dunyo bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha iqtidor egalarini rivojlantirish bilan anchadan beri shug‘ullanadi. Men hamkorlar bilan birgalikdagi loyihalarning muvaffaqiyatli amalga oshayotganidan juda mamnunman. Umid qilaman-ki, o‘z dasturilarimizga yanada ko‘proq insonlarni qamrab olishga erishamiz. Bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash va aloqalarni mustahkamlash orqali biz yaxlit, butun bir kuchga aylanamiz va inklyuziv raqamli kelajakni shakllantiramiz», deya taʼkidladi Viki Chjan o‘z nutqida.

Huawei kompaniyasi o‘zining global taʼlim tashabbusi Seeds for the Future 2.0 ni O‘zbekistonda amalga oshirar ekan, mahalliy iqtidor egalari uchun АKT sohasida o‘z salohiyatlarini namoyon etish, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish, xalqaro tadbirda ishtirok etish kabi imkoniyatlarni yaratmoqda. Toshkentdagi Аmiti Universiteti talabasi va Seeds for the Future 2023 qatnashchisi Umid Аbduhakimov kongress kunlari talabalar uchun Huawei tomonidan tashkil etilgan MWC Seeds Tour ga taklif etildi. Sammitda ishtirok etish bilan bir qatorda talabalar MWC ko‘rgazmasi va Huawei stendi orqali ilg‘or texnologiyalar bilan tanishadilar va shuningdek, Barselonaning diqqatga sazovor joylarini tomosha qiladilar. Bu o‘zbekistonlik talabalar qatnashayotgan ikkinchi Seeds Tour. 2023-yil dekabr oyida Tech4Good global tanlovining sakkiz nafar sovrindori COP-28 tadbirlari doirasida BAAning Dubay shahrida bo‘lgan edilar.

"IT yo‘nalishi talabasi sifatida men uchun bu tadbir ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishishga ajoyib imkoniyat. Barselonaga sayohat va MWC kabi nufuzli tadbirda ishtirok etish meni yangi texnologiyalarni o‘rganish va IT-mutaxassis sifatida rivojanishga ilhomlantiradi. Men Huawei kompaniyasidan taqdim etilgan imkoniyatlar va unutilmas tajriba uchun cheksiz minnatdorman", - dedi Umid.

"Iqtidorlarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash Huawei kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Biz yoshlar uchun texnologiyalarni o‘rganish va АKT sohasining turli ishtirokchilari bilan MWC kabi dunyo miqyosidagi muloqot maydonlarida tajriba almashish imkonini yaratayotganimizdan mamnunmiz. Talabalarimizning Seeds for the Future 2023 loyihasidagi yutuqlarini hisobga olsak, o‘tgan yil yoshlarning tadqiqotchilik va ijodiy salohiyatini, yetakchilik qobiliyatini, shuningdek ijtimoiy va iqlimiy masalalarga raqamli texnologiyalar yordamida yechim topishga bo‘lgan intilishlarini kashf etish nuqtai nazaridan omadli bo‘ldi. Biz mahalliy iqtidorlar uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish uchun mamlakatdagi OTMlar va davlat sektori bilan hamkorlikni davom ettiramiz", - deya taʼkidladi Huawei kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha O‘zbekistondagi menedjeri Аleksandra Nabiyeva.

Barselonadagi 2024 Butunjahon Mobil Kongressi 26–29-feral kunlari bo‘lib o‘tadi. Huawei kompaniyasi o‘z yechimlarini Fira Gran Via ko‘rgazmalar majmuasining birinchi pavilonidagi 1H50 stendda namoyish etadi va shuningdek, O‘zbekistondan tashrif buyurgan davlat idoralari, aloqa operatorlari va ekotizim bo‘yicha sheriklarining vakillarini ham qabul qiladi.

Reklama huquqi asosida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga