Huawei 2
O‘zbekistondagi ikki universitet QS reytingida TOP-500 talikka kirdi

Quacquarelli Symonds – QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2024-yilgi dunyo universitetlarining “Fan sohalari reytingi” (Subject Rankings) natijalarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti muhandislik va texnologiya (398) hamda atrof-muhit (351-400), Oʻzbekiston milliy universiteti esa, matematika fani (451-500) bo‘yicha TOP-500 oliy taʼlim muassasalari qatoridan oʻrin egalladi.

Qayd etish joizki, bu yilgi reytingda “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti “Akademik obro‘” indekatori bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatgichga erishib, 59-o‘rinni egallagan bo‘lsa, Oʻzbekiston milliy universiteti matematika fanidan reytingda ilmmetriya ko‘rsatkichlarini oshirib, har bir nashrga havolalar soni, Xirsh indeksi va xalqaro ilmiy hamkorlik indeksi bo‘yicha ijobiy dinamikaga erishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga