Huawei 1
O‘zbekiston va O‘mon oliy ta’lim muassasalari hamkorligi rivojlanadi

O‘zbekiston va O‘mon oliy ta’lim tizimi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida elchi Abdusalom Hotamov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov, Masqat, Nizva universitetlari rahbarlari hamda Ad-Dohiliya viloyati gubernatori, tegishli vazirlik mas’ullari qator muhim masalalarni muhokama qildi. Buxoro hamda Ad-Dohiliya ma’muriy markazi Nizva shaharlari tomonidan iqtisodiy, ijtimoiy, turizm va sog‘liqni saqlash sohalarida birgalikda amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

Kelgusida BuxDU hamda Masqat va Nizva universitetlari sheriklikda qo‘shma loyihalar - konferensiya, ko‘rgazma, seminar, simpozium, qisqa muddatli kurs va treninglar o‘tkazishi, qo‘shma ilmiy tadqiqot olib borishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, hamkorlik jarayoni ilmiy jurnallarda o‘zaro materriallar chop etish, qo‘shma o‘quv qo‘llanmalari, reja va dasturlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar, talaba, magistrant, doktorant va tadqiqotchilar almashinuvi masalalarini ham qamrab olgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51001 | Инструменты