O‘zbekiston ish haqi darajasi bo‘yicha dunyoda 119-o‘rinni egalladi

CEOWORLD Magazine ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha dunyo reytingida 119-o‘rinni egalladi. Mamlakatda o‘rtacha ish haqi 351 dollarni tashkil etadi.

Yalpi ish haqi — bu soliqlar va boshqa ajratmalar chiqarib tashlanishidan oldingi umumiy ish haqi. Tadqiqotchilar taqqoslash oson bo‘lishi uchun reytingni AQSh dollarida hisoblagan.

O‘zbekiston yalpi ish haqi darajasi bo‘yicha MDH davlatlari orasida 8-o‘rinni egalladi. Eng yuqori ko‘rsatkich Rossiyada qayd etildi - $2159. Undan keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston ($673), Turkmaniston ($654), Belarus ($621), Armaniston ($541), Moldova ($508) va Ozarboyjon ($494) egalladi.

O‘zbekistondan quyida Qirg‘iziston ($228) va Tojikiston ($169) joy olgan.

Dunyodagi eng yuqori ish haqi, reytingga ko‘ra, Shveysariyada kuzatilgan - $8100. Birinchi uchlikka Lyuksemburg ($6633) va AQSh ($6455) kirdi. Eng past maosh Lesoto ($24), Angola ($27) va Malavida ($31) qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72405 | Инструменты