O‘zbekiston afg‘onistonlik talabalarga 50 ta stipendiya ajratdi

“Tolibon” Oliy taʼlim vazirligi O‘zbekiston afg‘onistonlik talabalarga 50 ta stipendiya ajratishini e’lon qildi. Bu haqda Atlas Press xabar berdi.

Vazirlikning ilmiy maslahatchisi Lutfullah Xayrxoh O‘zbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov bilan uchrashdi. Ular O‘zbekistondagi afg‘onistonlik talabalarning muammolarini hal qilish va ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

Shodmonov uchrashuvda afg‘onistonlik talabalarga 50 ta stipendiya berilishini aytgan. “Tolibon” Oliy taʼlim vazirligi stipendiyalar bakalavriat talabalariga berilishini bildirgan, ammo stipendiyalar qaysi taʼlim yo‘nalishlarini qamrab olishi va ular qanday berilishiga aniqlik kiritmagan.

Vazirlik ayni paytda O‘zbekistonda 43 nafar afg‘onistonlik talaba tahsil olayotganini ma’lum qilgan. Avvalroq Yaponiya ham afg‘on talabalariga stipendiya ajratilishini e’lon qilgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты