Huawei 1
Navoiyda bolalar o‘ynaydigan “batut” qattiq shamolda uchib ketdi

Kecha Navoiy viloyati Nurota tumani Chashma ziyoratgohi yaqinida Batut shamolda uchib ketgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi.

Ushbu holat yuzasidan Nurota tumani hokimligi Matbuot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 27 aprel kuni soat 14:47 atrofida Nurota tumani “Shaxriston” MFY joylashgan “Chashma” tarixiy-meʼmoriy majmuasida hududida o‘rnatilgan tadbirkorga tegishli bo‘lgan bolalar madaniy hordiq chiqashirishi uchun mo‘ljallangan “Batut” qisqa shamol natijasida o‘z joyidan ko‘chib avtotransport vositalari harakati uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘liga ko‘chib tushgan.

Sodir bo‘lgan xodisa natijasida bir dona tungi yoritgich ustuni shikastlangan, fuqarolar va yosh bolalarga tan jarohati yetmagan va avtotransport vositalari zararlanmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50921 | Инструменты