Huawei 2
Namangandagi arxeologiya yodgorligi hududida uy qurish uchun qabrlar buzilib, 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan birgalikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday tadbirlarning birida Yangi Namangan “Go‘zal” mahallasida joylashgan “Bo‘zchi mozor” arxeologiya yodgorligining 0,17 ga yer maydonida fuqaro A.Q. tomonidan uy-joy qurish maqsadida XVI-XVII asrlarga oid qabrlar buzib yuborilib, qadimiy obyektga juda ko‘p miqdorda 6,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma'lumot o'rnida, mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga