Huawei 2
Namanganda bolalarni qarovsiz qoldirgan tarbiyachilarga “hayfsan” berildi

Namangan viloyatidagi bog‘cha tarbiyachilari o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lgani sababli jazolandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi. 

Qayd etilishicha, M.T. 2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘li boradigan Pop tumanidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagog xodimlari 21 fevral kuni guruhdagi bolalarni qarovsiz qoldirgani, shu sababli u tarbiyachilarga e’tiroz bildirganini ma’lum qilgan. 

Shundan so‘ng, tarbiyachilar uning farzandiga ruhiy bosim o‘tkazib, uni haqorat qilgani aytilgan. Ota ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rib, farzandining huquqlari himoya qilinishini so‘ragan. 

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi ushbu holatni atroflicha o‘rgangan. Natijada xodimlar o‘z xizmat vazifalariga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lgani aniqlangan. 

Tarbiyachilarga nisbatan Mehnat Kodeksining 312-moddasi 1-bandiga asosan "hayfsan" intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga