Huawei 1
Moskvadagi qurilishda migrantlar mushtlashgani yuzasidan rasmiy izoh berildi

Moskva sharqidagi Tagilskaya ko‘chasidagi qurilish maydonchasida 20 nafarga yaqin migrant mushtlashgani haqida xabar berilgandi. Tashqi mehnat migratsiyasi holat yuzasidan maʼlumot berdi

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, Moskva shahri Tagilskaya ko‘chasida joylashgan qurilish maydonida yuz bergan mushtlashuvda O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etgan. 

Qurilish materiallarining noto‘g‘ri taqsimoti sababli “Everest” korxonasi ishchilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik oqibatida yuz bergan mushtlashuv ishtirokchilarining ichki ishlar bo‘limiga olib ketilganlaridan o‘n nafari O‘zbekiston va 13 nafari Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.

Ushbu hodisa natijasida hech kim og‘ir tan jarohati olmagan va tibbiy yordamga murojaat qilmagan. Qo‘lga olinganlarga bayonnoma rasmiylashtirilib, maʼmuriy jarimalar tayinlangan.

“Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan mahalliy qonun-qoidalarga rioya qilishi hamda boshqa davlat fuqarolari bilan o‘zaro hurmatda bo‘lishi so‘raladi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga