Huawei 1
“Mendirman” klipi AQSHdagi kinofestivalda 1-oʻringa loyiq deb topildi

O'zbekistondada Madaniyat va sanʼat xodimlari bayrami keng nishonlanayotgan shu kunlarda AQSHdan ajoyib xushxabar oldik, deya yozmoqda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o'zining Telegram kanaliga.

Ma'lum qilinishicha, Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan “INDIE SHORT FEST” kinofestivalining “Eng yaxshi klip” nominatsiyasida “Mendirman” nomli qoʻshiqqa olingan videoklip 1-oʻringa loyiq deb topilgan. "Bu barchamiz uchun ayyomga oʻziga xos tuhfa boʻldi. Fursatdan foydalanib, ushbu yuksak eʼtirof bilan videoklipni suratga olishda mehnati singgan barcha ijodkorlarni, muxlislarimizni samimiy tabriklayman.

Niyatimiz, oʻzbek sanʼati dunyo sahnalarida baralla yangrab, yuksak eʼtiroflarga sazovor boʻlaversin", deydi vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga