Magistraturaga o'qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli 15-sentyabrdan keyin to'lab berilmaydi(mi?)

Xabaringiz bor, 2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi qonunchilikda belgilangan. 

Bunda talabgor 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan (tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlari bundan mustasno) o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentyabrgacha ariza bilan murojaat qilishi lozimligi va bu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko‘rib chiqilmasligi keltirib o‘tiladi.

Nega faqat 15 sentyabrgacha?

Undan keyingi arizalar nima sababdan ko‘rib chiqilmaydi? Ushbu imtiyoz qo‘llanilganda stipendiya berish tartibi qanday bo‘ladi? Qo‘shimcha kontrakt asosida o‘qishga kirganlarchi? Ular ham mazkur imtiyozdan foydalanishi mumkinmi? 

— Bu imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 447-sonli qaroriga ko‘ra kvota asosida qabul qilingan talabalar uchun tatbiq qilinadi. Nega aynan 15 sentyabr? Chunki qaror ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 8-bandida xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini qoplab berish 6 bosqichli sxema asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Talabgorlarga o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasini Davlat byudjetidan qoplab berish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i joriy o‘quv yilining 15-oktyabriga qadar qabul qilinishi belgilangan. Nizom talablari o‘z vaqtida bajarilishi uchun ham arizalar 15-sentyabrga qadar qabul qilinadi. Undan keyingi arizalar ko‘rib chiqilmasligi ushbu Nizomning 5-bandida aniq ko‘rsatilagan.

Bundan tashqari, o‘quv yilining boshidan ariza berish mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uchun ham aynan 15-sentyabrdan dedlayn qo‘yildi. Bo‘lmasa, talabalar o‘quv yili davomida, xohlagan paytida ham ariza berarkanman deb o‘ylab arizani kechiktirib yuraveradi. Bu esa to‘lovlarning kechikishiga hamda Davlat byudjeti mablag‘alarini vaqtida sarflanmasligiga olib keladi. Buning stipendiyaga hech qanaqa ta’siri yo‘q. Odatdagi tartibda to‘lanaveradi.

Masalan, talaba stipendiyali shaklda ta’lim olmoqchi bo‘lsa, bunday holatda tartib qanday bo‘ladi?

— Bunday holatlarda yillik stipendiya summasidan stipendiyasiz shaklda to‘lanadigan miqdorini ajratib va qolgan qismini esa o‘zlari tomonidan to‘lov amalga oshirib, bemalol har oy stipendiya olib o‘qishlari ham mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: Xotin-qizlarning magistraturada o‘qish xarajatlarini qoplash uchun davlat tomonidan 23 ming nafar qizga 200 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

Mavzuga oid

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt pulini davlat tomonidan toʻlab berish tartibi tasdiqlandi

Bu yil barcha davlat oliy taʼlim muassasalarining barcha bosqich talabalari uchun toʼlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Abituriyentlar super-kontrakt narxini qanday hisoblashi mumkin va bunda tahminiy summalar qancha bo'ladi?

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 73108 | Инструменты