Kelgusi hafta boshida O'zbekiston hududlarida qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi
"O'zgidromet" xizmati O'zbekiston hududlari bo'ylab 26-28-fevral kunlariga ob-havo prognozini e'lon qildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26-27 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat 27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 26 va 28 fevralda 2-7° iliq, 27 fevralda 0-5° iliq; Navoiy viloyatining shimolida 26-27 fevralda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 28 fevralda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 26-27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 28 fevralda yog’ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 26 fevralda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 27 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 28 fevralda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
Izohlar: 5
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты