Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaztaʼminot” Samarqand viloyati hududiy filiali xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda “O.A.” MCHJ rahbari U.O. tumandagi “Enam yaxshi” qishlog‘idagi noturar binoda ohak ishlab chiqaruvchi yashirin sex tashkil etib, tijorat maqsadida yuqori bosimli gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 2 mln. 200 ming kub. metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 3,4 mlrd so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91405 | Инструменты