Huawei 1
Kanadaning O'zbekistondagi elchisidan vazirlar va hukumat vakillarigacha: Toshkentda o'tkazilgan "Avtomobilsiz kun" tadbiri doirasida bir qator amaldorlar o'z ishxonasiga jamoat transportida yetib bordi

Bugun, 29-mart sanasida Toshkent shahrida "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkazildi

"Avtomobilsiz kun"ni o‘tkazishdan asosiy maqsad sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, shuningdek, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish, jamoat transporti tizimini rivojlashtirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir.

Ushbu kun davomida bir qancha davlat amaldorlari, hukumat vakillari jamoat transportida o'z manziliga yetib oldi. 

Quyida ularning ba'zilari bilan tanishishingiz mumkin:

Kanadaning O'zbekistondagi elchisi Alan Hemson nima uchun avtobus yoki metroda qatnovning yanada barqaror va sog‘lom yo‘li ekanligi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

"Men avtobusda yurishni yaxshi ko'raman. Jamoat transporti qulay va arzon. Bundan tashqari havoning ifloslanishini kamaytiradi", - deydi u

“O‘zbekiston MET” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Abdumalik Nazirov bugun ishga velosipedda bordi

Sport vaziri Adham Ikromov esa bugun ishiga avtobusda yetvoldi. Uning svetofor o‘rnatilmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tishga urinayotgani aks etgan surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “Avtomobilsiz kun” tadbirida ishxonasiga piyoda bordi. 

Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov ishga velosipedda bordi. 

Transport vaziri Ilhom Mahkamov va Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev metroda ishga bordi. 

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev ishxonasiga avtobusda borganini ma'lum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga