Huawei 2
Joriy yilning 1-choragida jami 23 535 nafar o'zbekistonliklar xorijga ishlash uchun ketgani ma'lum bo'ldi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining xabar berishicha, 23-aprel kuni 11 nafar tibbiyot xodimi Germaniya davlatiga ishga yuborildi.

Hamyurtlarimiz ushbu davlat klinikalarida faoliyat olib borishi hamda ularga dastlab 2 600 yevro oylik ish haqi to‘lanishi belgilangan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 1-choragida jami 23 535 nafar yurtdoshlarimiz xorijda vaqtincha ishlash uchun chet davlatlarga borgan. Shulardan 356 nafari Germaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Bugun ularning soni yana 11 taga ko‘paydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga