Huawei 1
Jizzaxdagi qishloqqa togʻdan ayiq tushib keldi

Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida aholi yashash xonadonlariga ayiq tushib keldi. Ekologiya vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, holat Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan oʻrganilmoqda.

Oʻrganish davomida haqiqatan ham 17 aprel kuni tunda Yangiobod tumanining Doʻstlik mahallasi Chakan qishlogʻi hududiga ayiq tushib kelgani va tong vaqtida Yangiobod tumani oʻrmon xoʻjaligi hududiga oʻtib ketgani aniqlangan. U mahalla aholisi, xonadonlar va chorva mollariga zarar yetkazmagan.

Hozirda tuman Ekologiya inspeksiyasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ayiqni oʻrmon xoʻjaligi hududidan oʻz yashash arealiga betalafot oʻtkazib yuborish choralari koʻrilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga