Huawei 1
Jizzaxda 11-sinf o‘quvchisi bedarak yo‘qoldi

Jizzaxda maktab imtihoniga boraman deb chiqib ketgan qiz uyiga qaytib kelmadi. Paxtakor tumani Oltinko‘l MFY Ergash Jumanbulbul ko‘chasida yashovchi 2007 yilning 6 iyul kuni tug‘ilgan, tumandagi 4-sonli o‘rta umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Musurmonova Charos Kamol qizi joriy yilning 29-may kuni soat 07:30 larda yashash uyidan maktabga imtihonga boraman deb chiqib ketib qaytib kelmagan.

Ushbu bedarak yo‘qolgan Musurmonova Charos Kamol qizini ko‘rganlardan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining 102 tizimiga yoki, 72-353-13-56, 72-353-12-02, 99-556-60-76, 94-392-00-02 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki yaqin oradagi ichki ishlar organlariga xabar berishlari so‘raladi.

Bedarak yo‘qolgan shaxs haqida ma’lumot bergan fuqaroning shaxsi sir saqlanadi va pul mukofotiga ega bo‘ladi, — deyiladi Jizzax IIB xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga