Huawei 1
Jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi joriy etiladi

“Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan:

— jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasi jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida alohida sudyalar – tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqilishi tartibi joriy etiladi;

— jinoyat ishlari bo'yicha tuman, shahar sudlarida tergov sudyasi lavozimi kiritiladi;

— jinoyat ishlari bo'yicha sudga qadar ish yurituv davrida tergov sudyasi tomonidan protsessual qarorlarga berilgan sanksiyalar faqatgina apellyatsiya instansiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko'rib chiqilishi tartibi belgilandi;

— tergov sudyalariga ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolati beriladi;

— tergov sudyalari tomonidan ko'rib chiqiladigan ma'muriy huquqbuzarlik to'g'risidagi ishlarni yuqori instansiyalarda qayta ko'rib chiqishning amaldagi tartibi saqlab qolinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты