Ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida tashkil etilgan komissiya vakillari hududlarda nazorat tadbirlarini davom ettirmoqda. Ana shunday nazorat tadbirlaridan navbatdagisi Qibray tumanida o‘tkazildi. Unda bir necha kun avval issiqxona pechida filtr bo‘lmaganligi bois tegishli ko‘rsatmalar berilgan tadbirkor faoliyati qayta ko‘zdan kechirildi. Taʼkidlanishicha, avvalgi o‘rganish davomida filtrsiz pechdan foydalanganligi sababli tadbirkorga jarima qo‘llanilib, kamchiliklarni bartaraf etish uchun muhlat berilgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling:
Alpha version: 0.9.1.19 build 122017 | Инструменты