Huawei 1
Internet orqali giyohvandlik vositalarini sotganlarga javobgarlik kuchaytirilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan qonun loyihasi uchinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi. 

Mazkur qonun loyihasi bilan giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib qonunga xilof ravishda muomalaga kiritganlik, ushbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilmoqda. 

Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga