Huawei 1
Germaniya va Britaniyada Xitoy uchun josuslik qilganlikda gumonlangan shaxslar hibsga olindi

Germaniya va Buyuk Britaniya maxsus kuchlari Xitoy uchun josuslik qilganlikda gumonlangan bir guruh shaxslarni hibsga oldi. Bu haqda G‘arb manbalariga asoslanib, Al Jazeera nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hibsga olingan shaxslar Xitoyga taqiqlangan texnologiyalar yetkazib berishda ayblanmoqda. Germaniyada bunday shaxslardan 3 nafari, Buyuk Britaniya esa ikki nafari hibsga olingan.

Berlin prokuraturasi xabar berishicha, uch nafar nemis fuqarosi potensial harbiy maqsadlardagi texnologiyalarni Xitoy razvedkasiga topshirgan. Uchlik guruhi Xitoy vakillari bilan 2022-yilning iyunidan beri ishlab kelgan.

Germaniya va Britaniya rasmiylari Xitoyga topshirilgan texnologiyalar nimadan iborat ekani va ularning mazmuni haqida maʼlumot oshkor qilmagan. Hibsga olinganlarning so‘roq qilinishi davom etayotgani bildirilgan.

Germaniyaning janubi-g‘arbiy qismidagi Karlsrue shahrida mahbuslar ustidan sud jarayoni boshlangan. Rasmiylar ularni katta jarimaga tortish va 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi berish haqida taklif kiritishgan.

Shuningdek, Britaniya rasmiylari qo‘lga olingan ikki shaxsning Xitoy bilan aloqalari haqida tergov tashkil etgan. Uning dastlabki xulosalariga ko‘ra, mahbuslar Xitoy tashqi razvedkasi, uning mintaqaviy byurolari aʼzolari bilan doimiy aloqada bo‘lgan.

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fayzer Berlin hukumati tomonidan Xitoyga ishlagan josuslarning qo‘lga olinishini “josuslikka qarshi kampaniyaning katta muvaffaqiyati” deb atagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga