Furqat Muxayminov Toshkent viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi

Muxayminov Furqat Abdujabbarovich Toshkent viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mehnat faoliyati davomida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi ichki va tashqi oʻsimlar karantini boshqarmasida,  shuningdek, Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi Chuqursoy chegara maskanida mudir vazifasida ishlagan.

Tayinlovga qadar, Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tashqi karantin boʻlimi boshligʻi lavozimida mehnat qilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты