Farg'onada mashina yukxonasiga solingan bola bo‘yicha ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati hududida bola o‘g‘rilari paydo bo'lgani haqida turli xabarlar tarqaldi. 

Mazkur xabarlar viloyat IIB tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, 2024-yilning 14-may kuni Qo‘qon shahar Obodyurt ko‘chasida yashovchi voyaga yetmagan M.M. ushbu mahallada turar joyga ega bo‘lgan qo‘shnisi M.A.ga tegishli uyning devor va oynasiga tosh otib sindirgan. Buni ko‘rgan M.A. voyaga yetmagan shaxsni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida o‘ziga tegishli bo‘lgan “Nexia 2” rusumli avtomashinasining yukxonasiga solib avtomashinani harakatlantirgan paytda M.M.ning onasi V.T. ko‘chaga chiqib, mashinani to‘xtatib, farzandini mashinadan tushirib olgan hamda o‘rtada o‘zaro janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A.ga nisbatan MJtKning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborish chorasi ko‘rilgan.

"Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz. Xususan, yuqoridagi xabar ham asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi", - deyiladi viloyat IIB xabarida

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты