Huawei 1
Farg‘onada sog‘lom fuqaro ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyatida fuqaroni o‘zining roziligisiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan shifokorga “hayfsan” berildi. Bu haqda Ombudsman xabar berdi.

Bildirilishicha, fuqaro B.N. tuman IIB profilaktika inspektori va mahalla vakillari bilan hamkorlikda qonunga zid ravishda Qo‘qon shahrida joylashgan viloyat 2-sonli ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Shundan so‘ng, Ombudsmanning viloyatdagi mintaqaviy vakili fuqaro B.N. bilan uchrashganda u ruhiy kasalliklar shifoxonasiga ko‘rikdan o‘tkazish uchun joylashtirilishida rozilik xatiga imzo qo‘ymaganini bildirgan. Shunga qaramasdan u shifoxonaga joylashtirilgan va 3 kun davomida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Sog‘lom bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan.

“O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonunining 24-moddasi 2-qismida psixiatriya tekshiruvi tekshirilayotgan shaxsning ma’lumotlarni bilgan xolda tekshiruv o‘tkazilishiga ixtiyoriy roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi talablari buzilganligi ma’lum bo‘ldi”, deyilgan xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120414 | Инструменты