Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘onada chumchuqlar pishiriladigan kafe paydo bo‘libdi" mavzusida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Xabarga ko‘ra Buvayda tuman bo‘limi Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Yangiqo‘rg‘onning "Dodho" MFYda joylashgan oshxonada o‘rganish nazorat ishlari olib borildi.
O‘rganishlarda Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida joylashgan «Chumchuq Dodho» nomi bilan faoliyat olib borayotgan oshxona asosan qish faslida faoliyat yuritgan bo‘lib, Instagram tarmog‘iga joylangan mazkur eʼlon 2023- yilning oxirgi oylarida qo‘yilgani maʼlum bo‘ldi.
Ishchi guruh xodimlari va davlat inspektorlari oshxonani ko‘zdan kechirishganda, g‘oz va kurka parranda go‘shti maxsulotlari bor bo‘lib, chumchuq qushi va uning go‘shti yo‘qligi aniqlandi.
"Hozirda hududga kunlik ekologik nazorat o‘rnatilgan bo‘lib, oshxona xodimlariga tegishli tavsiyalar berilgan holda tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilganini maʼlum qilamiz", deyiladi xabarda.