Farg‘onada avtomobildan soxta pul sochgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda harakatlanayotgan "Lacetti" yo‘lovchisi mashina “lyuk”kidan tanasini chiqarib, pul sochayotgani aks etgan video tarqaldi.

Farg‘ona viloyati IIB xabariga ko‘ra, hodisa Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan. Haydovchi qarindosh akasining to‘yida "Lacetti"da to‘y kortejiga chiqqan. Shu vaqtda mashinadagi yo‘lovchi sifatida ketayotgan yigit mashina oynasidan tanasini chiqarib, yasama pullarni sochgan va boshqa avtomobillarning harakatiga xalaqit qilgan. Aniqlanishicha, ruldagi yigitning haydovchilik guvohnomasi ham bo‘lmagan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar Qo‘qon shahar sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qaroriga ko‘ra, haydovchiga 10 sutka, pul sochgan yo‘lovchiga esa 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты