Huawei 2
Farg‘onada aliment to‘lamasdan qochib yurgan erkak yashash xonadonidagi quduq ichidan topildi

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyat boshqarmasi qidiruv shoʻbasi inspektorlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tadbir davomida farzandini moddiy taʼminotidan bo‘yin tovlab yurgan qarzdor yashash xonadonidagi “quduq”dan topildi

Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro Saidjon turmush o‘rtog‘i bilan oilaviy kelishmovchiliklar sabab ajrashib ketgan va ikkinchi tomon farzandini moddiy taʼminlamay qo‘ygan.

Shundan so‘ng, ona o‘z huquqidan foydalangan holda farzandi haqqini talab qilib sudga murojaat qilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, undiruvchi ayol foydasiga ikki nafar farzandlari uchun har oyda aliment undirish tartibi belgilangan.

Sud ijro hujjati Byuroning Oltiariq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan. Aliment to‘lamagan erkakning qarzdorligi 10 mln so‘mdan ortib ketgan bo‘lsada uni to‘lash o‘rniga berkinib yurgan.

Davlat ijrochisi tomonidan qidiruv eʼlon qilingandan so‘ng, qarzdor erkak Toshkent shahridagi yashash xonadonida yangi qazilayotgan “quduq” ichidan topildi.

Qidiruvdagi shaxs belgilangan tartib bo‘yicha davlat ijrochisiga topshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga