Huawei 2
Energetika vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra, Energetika vaziriga oʻrinbosarlar tayinlandi.

• Baxtiyor Rustamovich Mamatkarimov — Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari;

• Azizxo‘ja Ochilovich Qobilov —  Energetika vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Avvalroq, Azim Israilovich Axmedxadjayev O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga