Jamg'arma mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hukumat qarori bilan Adxam Sharipovich Bekmurodov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo'yicha “El-yurt umidi” jamg'armasining direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Eslatib o'tamiz, xorijiy mutaxassislar, shu jumladan vatandoshlarni ta'lim, sog'liqni saqlash, iqtisodiyot va davlat boshqaruvi sohalariga jalb etish, kadrlarni xorijda tayyorlash bo'yicha takliflar kiritish “El-yurt umidi” jamg'armasing asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50510 | Инструменты