Doniyor Komilov kompaniyasi Chinoz neftni qayta ishlash zavodini sotib oldi

Doniyor Komilovga tegishli bo‘lgan Petroleum Technology Group kompaniyasi "Chinoz neftni qayta ishlash zavodi" MChJni sotib oldi

Chinoz neftni qayta ishlash zavodi 2016 yilda ishga tushirilgan. Zavod 2022-yilda sotuvga chiqarilgan, 2023-yil boshida xaridorlardan takliflar qabul qilingandi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning keyingi taqdiri haqida boshqa axborot taqdim etmagan.

Avvalroq Doniyor Komilov O‘zbekistonda 78 ta zapravkaga ega bo‘lgan UNG Petro kompaniyasining yangi egasiga aylangani ma’lum bo‘lgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты