Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha beqaror ob-havo saqlanib turadi.

Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi, baʼzi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati juma kuni kunduzi +25…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Shanba kuni esa +22…+27 darajagacha, yakshanba kuni +17…+22 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 17-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 18 mayda kunning ikkinchi yarmida, 19 mayda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati juma kuni +28…+30, shanba kuni +22…+24, yakshanba kuni esa +17…+19 daraja bo‘ladi. 18−19 may kunlari shamol tezligi 15−17 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты