Ijtimoiy tarmoqlar orqali Chilonzor metro bekati yonidagi aholi bepul foydalanadigan avtoturargoh noqonuniy ravishda pulli avtoturargohga aylantirilgani haqidagi murojaat chop etildi. Holat yuzasidan Chilonzor tuman hokimligi matbuot xizmati rasmiy ma'lumot berdi.
Murojaatda ko‘rsatilgan manzil tuman hokimligi mutasaddilari tomonidan borib o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida fuqaro mazkur avtoturargohni o‘zboshimchalik bilan pulli avtoturargohga aylantirib olgani maʼlum bo‘ldi.
"Tuman hokimligi masʼullari tomonidan ushbu fuqaroga noqonuniy xatti-harakatlari uchun qonun doirasida javobgarlik borligi tushuntirilib, uning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi va avtoturargohdan aholi to‘lovsiz foydalanadigan bo‘ldi", deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31809 | Инструменты