Huawei 1
Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan ilonni sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi

Buxoroda Qizil kitobga kiritilgan ilonni sotmoqchi bo‘lgan shaxs jarimaga tortildi.

Ijtimioy tarmoqlarda Buxoro viloyatida qum bo‘g‘ma iloni sotilishi bilan bog‘liq eʼlon tarqalgan. Maʼsullar ushbu xabar qay darajada to‘g‘ri ekanligini tekshirish maqsadida boshqacha yo‘l tutishdi.

Inspektorlar murojaatda ko‘rsatilgan telefon raqamga mijoz sifatida qo‘ng‘iroq qilib, ilon sotiladigan joyga borishgan. U yerga yetib borishganda, haqiqatdan ham Qizil kitobga kiritilgan qum bo‘g‘ma ilon ekanligini aniqlangan.

Fuqaro ilonni katta mablag‘ga sotmoqchi bo‘lgan. Holat yuzasidan unga nisbatan Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining tegishli moddalari bilan 1 million 700 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты