Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘li velosport musobaqasi uchun maʼlum vaqtga yopiladi
Sportning velosport-shosse turi bo‘yicha kattalar ( erkaklar va ayollar) o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi munosabati bilan joriy yilning 25-26 iyun kunlari soat 08:00 dan 14:00 ga qadar 4R12 "Bektemir-Chorbog‘ q." avtomobil yo‘lining 34 va 54 kilometrlari oralig‘ida (Chirchiq shahriga kirishda joylashgan platina yaqini start, G‘azalkent shahriga kirish qismi finish) transport vositalari harakati cheklanadi.
Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchi fuqorolardan Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21920 | Инструменты