O‘tgan hafta O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan Fors ko‘rfazi mamlakatlarida keng ko‘lamli roud-shou o‘tkazilgan edi. Bu yirik tadbir doirasida Ummon, Quvayt, Bahrayn va Qatar kabi davlatlarda tashkil etilgan turizm forumlari mintaqa sayyohlarini yurtimizga jalb etishga qaratilgan edi. Jarayonda O‘zbekiston milliy raqs sanʼatini jahonga tanigan “Bahor” davlat raqs ansamblining ishtiroki alohida ahamiyat kasb etdi. Nozik harakatlar, ipak liboslarning porloq jilosi va o‘zbek musiqasining sehrli ohanglari tomoshabinlarni qadimiy anʼanalar va zamonaviy ruh bilan yana-da yaqinroq tanishtirdi.
Roud-shou shunchaki turizm taqdimoti bo‘lib qolmadi. U xalqlarimizni yaqinlashtirgan madaniy ko‘prikka aylandi. Endilikda Umon, Quvayt, Bahrayn va Qatardan O‘zbekistonga bo‘lgan yo‘l ancha yaqinlashgani aniq.
Chindan ham, kim bilsin balkim, shu yozdayoq Samarqand, Buxoro va Xorazm ko‘chalarida yangi mehmonlarning ovozlari yangray boshlar. Balkim ular bir vaqtlar “Bahor” raqqosalari va ijodkorlari sahnada yurakdan his qilgan tuyg‘ularni endilikda o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishni orzu qilishar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 73114 | Инструменты