Huawei 1
Azim Axmedxadjayev Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

Azim Israilovich Axmedxadjayev Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari — Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Azim Axmedxadjayev 1979-yilda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi (2002). Milliy bank tuzilmasida, shuningdek, Iqtisodiyot vazirligi va O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasida ishlagan. 2016-yil may oyidan 2017-yil martigacha “Asaka” bank boshqaruvi raisi bo‘lgan.

2017−2018-yillarda Davlat investitsiya qo‘mitasini boshqargan. 2018-yil fevral oyida u Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini boshqargan, avgust oyida esa Loyiha boshqaruvi milliy agentligining raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘limi rahbari bo‘lgan. 2019-yilda lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga