Huawei 1
Aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga sodda va qulay javob beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi

“Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF-71-son, 21.04.2025 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Iqtisodiyotda korrupsiyaviy omillarning oldini olish maqsadida:

- davlat xaridlarida sotib olinadigan tovar va xizmatlar narxi hamda uning o‘rtacha bozor narxi o‘rtasidagi tafovutning eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan chetga chiqqan holda xaridlarni amalga oshirgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi;

- 2025 yilning 1 iyulidan yirik investitsiya loyihalarida korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlar hamda yirik auksion shartlarini raqobatbardoshlik ekspertizasidan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;

- “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi qamrovi yana-da oshirilib, bosqichma-bosqich xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi loyihalarga joriy qilinadi.

2025 yil yakunicha:

- xalqaro tender obyektlari bo‘yicha subpudratchilar “Shaffof qurilish” tizimi orqali jalb qilinadi;

- qiymati 2 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan xalqaro moliya tashkilotlar hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy tenderlar “Shaffof qurilish” tizimida o‘tkaziladi;

- xalqaro tenderlar bo‘yicha jalb qilingan chet el pudrat tashkilotlari shartnoma qiymatining kamida 60 foizini o‘z kuchi bilan bajarish tartibi joriy etiladi.

2026 yil 1 yanvargacha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini tuman (shahar) kesimida aholining o‘zi baholaydigan tizim joriy etiladi.

Bunda aholi tomonidan “qoniqarsiz” deb baholangan vazirlik, idora rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimlari shaxsiy javobgarligi belgilanadi.

Sunʼiy intellekt asosida aholining kundalik hayotida uchraydigan savollariga mobil telefon orqali sodda va qulay shaklda javob olish imkoniyatini beradigan onlayn platforma ishga tushiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50912 | Инструменты