Huawei 2
29-mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar dayjesti

Prezident qator rahbarlarga jazo ko‘rilganini qayd etdi

Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu yil bahorda “Yashil makon” loyihasi doirasida 125 million tup ko‘chat ekish belgilangan. Lekin, aksariyat viloyat va tumanlarda daraxt ekadigan joylar haligacha belgilanmagani, sug‘orish va ko‘chatga pul ajratilmagani tanqid qilindi.

Kanadaning O'zbekistondagi elchisidan vazirlar va hukumat vakillarigacha: Toshkentda o'tkazilgan "Avtomobilsiz kun" tadbiri doirasida bir qator amaldorlar o'z ishxonasiga jamoat transportida yetib bordi

Kanadaning O'zbekistondagi elchisi Alan Hemson ishxonasiga avtobusda, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov piyoda, Transport vaziri Ilhom Mahkamov esa o'z ishxonasiga metroda borgan.

O‘zbekistonda 2024-yilning birinchi choragida YIM hajmi 6 foizdan ziyod o‘sishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

O‘zbekiston yil davomida suv resurslarining 169 foizini iste’mol qiladi – FAO

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari qurg‘oqchilik, suv tanqisligi va uning iqtisodiy oqibatlariga doir Jahon banki hisobotinitaqdim qildi.

Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi

Investitsiya va savdo vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi, Andijon va Surxondaryo viloyati hokimliklari, Madaniy meros agentligi reytingi «qoniqarsiz» deya topildi.

Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirayotgan ota-ona qo‘lga tushdi

Ayolga nisbatan qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi inobatga olinib 3 yil, erkakka nisbatan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Senat qo‘mitasi Xalqaro mehnat tashkilotining navbatdagi konvensiyasi ratifikatsiya qilinishini qo‘llab-quvvatladi

Qayd etilishicha, mazkur xalqaro konvensiya oilada majburiyatlari bo‘lgan xodimlar uchun teng imkoniyat va sharoitlarni taʼminlashga qaratilgan. Konvensiyaga qo‘shilgan mamlakatlar bunday xodimlarga nisbatan mehnat huquqlari sohasida kamsitishning oldini olish choralarini ko‘rish majburiyatini zimmasiga oladi.

Yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 32,9% MDH mamlakatlari hissasiga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi joriy yilning yanvar-fevral oylari yakunlari bo‘yicha 10,9%ga o‘sib, 3,3 mlrd dollarni tashkil etdi.

O‘zbekiston - Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

Uchrashuv hakami bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtakni chalgach, maydonga bir qancha muxlislar yugurib tushgan. O‘FA matbuot kotibi Davron Fayziyevning aytishicha, ushbu holat uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi jarimaga tortilgan. Bunday holatlar davom etadigan bo‘lsa, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalar o‘tkazilishiga salbiy taʼsir qiladi.

Ekologiya jamg‘armasi hisobidan aholiga maxsus chiqindi paketlari bepul beriladi

Aholi chiqindini qayta ishlanadigan, qayta ishlanmaydigan va organik toifaga ajratib, shoxobchaga olib boradi. Tadbirkor esa qayta ishlanadigan foydali chiqindini aholidan sotib oladi.

“Uzluksiz ta'lim tizimining izohli lug'ati” ishlab chiqiladi

"Davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda ayollar 700 mingdan ortiq odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin — Jahon banki

O‘zbekistonda ayollar iqtisodiyotda erkaklar bilan teng ishtirok etsa, mamalakat yalpi milliy daromadi 29 foizga oshishi mumkin. Bu haqda Jahon bankining “O‘zbekiston: mamlakatdagi gender holatini baholash” hisobotida qayd etildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga