Tergov jarayonida, ushbu yerosti tunnellari orqali Qirg‘iz Respublikasidan olib o‘tilgan turli rusumdagi mobil telefon apparatlari Andijon va Toshkent shaharlaridagi savdo markazlarida sotuvga chiqarilganligi aniqlanib, hozirda mazkur yo‘nalishda tegishli surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
YPX xodimining aytishicha, haydovchi yo‘lning bir bo‘lagini to‘sib qo‘yib, tirbandlik hosil qilgan. "Unga masofa uzoqligi uchun baland ovozda gapirishga majbur bo‘ldim, ayolni haqorat qilmadim", dedi xodim.
Farmonga ko'ra, 2025/2026-o'quv yilidan pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki ta'lim shakli bo'yicha tashkil etilib, sirtqi ta'lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.
Farmonga ko‘ra, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi.
Mart oyida O‘zbekiston avtomobil bozorida umumiy sotuvlar pasaydi.
Qarorga ko'ra, universitetda Yevropa standartlari asosida Germaniya Federativ Respublikasining oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda tibbiyot fakulteti tashkil etiladi.
O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-mart oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 796,1 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga o‘sgan.
Nomoddiy madaniy meros namunalarini Nomoddiy madaniy meros namunalarining milliy va mahalliy ro‘yxatlariga kiritish yoki ulardan chiqarish, shuningdek, ularning ushbu ro‘yxatlarga kiritilganligi yoki kiritilmaganligi to‘g‘risida belgilangan shakldagi maʼlumotnoma beriladi.
Nizom noturar bo‘lgan bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini aniqlash va xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalarini rasmiylashtirish, bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlaridan samarali foydalanish mezonlari va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Nyu-Yorkda BMT Statistika komissiyasining 2026-2029 yillarga a’zo davlatlari saylandi. Tarixda ilk marta O‘zbekiston Respublikasi ushbu organ a’zosi etib bir ovozdan saylandi.
Prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlari sektorlar faoliyati bo‘yicha yuklatilgan vazifalardan ozod etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.
Tailandga kirishning yangi tartibi joriy etildi. O‘zbekiston TIV mazkur masala yuzasidan bayonot eʼlon qildi.
“Davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini tayyorlash topshirildi. Unda deklaratsiya subyektlari va obyektlari, ma’lumotlar, deklaratsiyani taqdim etish shakli va tartibi, uni tekshirish tartibi belgilanadi.
Qarorga ko'ra, 2025–2029 yillar davomida zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi va 72 mingtadan ziyod qo‘shimcha o‘quv o‘rinlarini yaratish orqali sohadagi navbatlilik koeffitsiyentini kamaytiriladi.
Surxondaryo viloyatidagi Sariosiyo mahalliy aeroportini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.
Xorazm viloyatida maktab direktorining dars vaqtida sinf xonalarda biriga kirib, o‘quvchi qizni kaltaklagani aks etgan tasvirlar bo‘yicha viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Tanlovlar yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan har bir nomzod QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi. Sertifikat asosida g‘oliblar BHMning 1 400 baravari (525 mln) ga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43010 | Инструменты