26-fevral kuni O’zbekiston hududlari bo’ylab havo harorati +7 darajagacha ko’tariladi

Bugun ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda ertalab qor yog'adi, tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qor yog'adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72711 | Инструменты